locale OZ

Ronaldu Oq uyda mehmon boʻldi va Trampning oilasi bilan tanishdi

Uchrashuvda bir nechta mashhur shaxslar ishtirok etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Oq uyda mehmon boʻldi va Trampning oilasi bilan tanishdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi va Saudiyaning «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda tashkil etilgan tantanali kechki ovqatning maxsus mehmonlaridan biri bo‘ldi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu AQSH prezidenti Donald Trampning oilasi bilan tanishgan. Trampning aytishicha, uning 19 yoshli o‘g‘li Barron uzoq yillardan beri Ronalduning oʻyiniga qoyil qoladi va uni shaxsan ko‘rgani uchun juda xursand bo‘lgan.

«Barron va Krishtianu tanishishdi. Aftidan, endi Barron otasiga biroz ko‘proq hurmat bilan qarayotgandek — chunki ularni men tanishtirdim», — deya Trampning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Kechki ovqatda, shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino, Amazon asoschisi Jeff Bezos va tadbirkor Ilon Mask ham ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting