Ronaldu «MYU»ga qaytmaydi
Bungacha Krishtianu mankunianliklar safida 2003-2009 va 2021-2022 yillarda to‘p tepgan.
ФОТО: Getty images
Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” klubiga qaytmaydi. Bu haqda Sasha Tavoleri xabar berdi.
Ma’lumot uchun, "An-Nasr" hujumchisi Saudiya Arabistoni chempionatida ikki o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Avvalroq Ronaldu Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi klubni raqiblariga nisbatan qanday boshqarayotganidan norozi ekani va "An-Nasr"ning chempionlik uchun kurashda halaqit berayotganiga ishonishi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, u Karim Benzemaning "Al-Hilol"ga o‘tishiga "raqobatga putur yetkazgani" uchun qarshi chiqqan.
Bundan tashqari, Krishtianu agar "An-Nasr" maosh bo‘yicha qarzdorlikni to‘lasa, "Al-Ittihod" bilan o‘ynashga tayyorligi aytilgandi.
Bungacha Krishtianu mankunianliklar safida 2003-2009 va 2021-2022 yillarda to‘p tepgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist