Ronaldu milliy jamoadagi gollar soni bo'yicha Messidan yaxshiroq natijaga ega
Krishtianu Ronaldu milliy jamoa safida dunyo bo'yicha eng ko'p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Qiziqarli tomoni shundaki, Ronaldu milliy jamoa safidagi barcha musobaqalar bo'yicha ham, penaltilardan urilgan gollarni hisobga olmaganda ham, shuningdek o'rtoqlik uchrashuvlarini inobatga olmaganda ham boshqa har qanday futbolchidan yaxshiroq natija qayd etib kelmoqda.
Lionel Messi esa milliy jamoa libosidagi barcha musobaqalarda urilgan har qanday golni hisobga olganda 4-o'rinni egallab turibdi.
1. Ronaldu - 140 ta gol (milliy jamoa safidagi barcha musobaqalarni hisobga olganda)
2. Ronaldu - 119 ta gol (milliy jamoa safida urilgan penaltilarni hisobga olmaganda)
3. Ronaldu - 119 ta gol (milliy jamoa safida o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlarini hisobga olmaganda)
4. Messi - 114 ta gol (milliy jamoa safidagi barcha musobaqalarni hisobga olganda)