Ronaldu Madridda yana bir biznes boshlamoqda
Ochilish marosimiga dunyoning mashhur shaxslari kelishi kutilmoqda.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu biznes faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda.
Marca nashrining yozishicha, hujumchi Madrid markazida ochilayotgan yangi, yopiq formatdagi Mega Members Club loyihasiga hammuassis sifatida qo‘shilgan.
Manbaga ko‘ra, loyiha poytaxtdagi mashhur restoran va tungi klublar tarmog‘i egasi Inyigo Onieva bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Taxminan 1000 kvadrat metr maydonga ega bu klub faqatgina maxsus a’zolar kirishi mumkin bo‘lgan yopiq zona tarzida faoliyat yuritadi. Klub hozirda yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda va rasmiy ochilish tez orada bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimiga dunyoning mashhur shaxslari kelishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist