locale OZ

Ronaldu ketma-ket uchinchi yil davomida mavsumni 40 tadan ortiq gol bilan yakunladi

Portugaliyalik yulduz 5 fevral kuni 41 yoshni qarshi oladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu ketma-ket uchinchi yil davomida mavsumni 40 tadan ortiq gol bilan yakunladi
FOTO: Getty Images

Portugaliya milliy terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2025 yilni klub va terma jamoa safida urilgan 41 ta gol bilan yakunladi. 40 yoshli futbolchi ketma-ket uchinchi yil davomida mavsumni 40 tadan ortiq gol bilan tugatmoqda.

5 fevral kuni Ronaldu 41 yoshni qarshi oladi.

30 dekabr, seshanba kuni portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turi doirasida «Al Ittifoq»ga qarshi bahsda (2:2) gol muallifiga aylandi. Ushbu to‘p Ronaldu uchun professional faoliyatidagi 957-gol bo‘ldi.

Joriy mavsumda Pro-liga doirasida Ronaldu 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ushbu gollarning uchtasi penalti zarbasidan kiritilgan. Futbolchining «An Nasr» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, Krishtianu Ronalduning hozirgi bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting