locale OZ

Ronaldu joriy mavsumda 19 ta golda ishtirok etishga ulgurdi

U 13 ta o'yinda 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu joriy mavsumda 19 ta golda ishtirok etishga ulgurdi
ФОТО: Getty images

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumdagi uchinchi samarali pasini amalga oshirdi.

40 yoshli portugaliyalik futbolchi Osiyo Chempionlar ligasi 2 6-turi doirasida Iroqning "Az-Zavra" klubiga qarshi o'yinda (5:1) Joau Feliksning goliga assistentlik qildi.

Shunday qilib, Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Saudiya Arabistoni jamoasi safida 13 ta o'yinda 11 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Portugaliya terma jamoasi safida u bu davrda 5 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urgandi. “An-Nasr” esa turnirdagi ishtirokini davom ettiradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting