Ronaldu Jezus bilan mojarodan so‘ng Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin — Marca
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Jorge Jezus bilan yuz bergan mojarodan so‘ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
1-oktabr, payshanba kuni Portugaliya Millatlar ligasi (A liga) 3-turida Daniyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Daniyaning Kopengagen shahridagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etilishicha, vaziyat shu qadar keskinlashganki, Ronalduning milliy terma jamoadagi kelajagi jiddiy shubha ostida qolgan.
Avvalroq futbolchi bosh murabbiy Jorge Jezus mojaro yo‘qligini ta’kidlaganiga qaramay, terma jamoa mashg‘ulotini tark etgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Ronaldu yaqin soatlar ichida Kopengagendan uchib ketishi kutilmoqda.
Jezus ham matbuot anjumanida Ronalduning daniyaliklarga qarshi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkinligini ma’lum qilgan.
Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida ikkita uchrashuv o‘tkazdi. Ronaldu Uelsga qarshi bahsda (1:0) 67 daqiqa maydonda harakat qildi, ammo samarali harakat bilan ajralib turmadi.
Norvegiyaga qarshi o‘yinda (2:1) esa futbolchi maydonga tushmadi. Bu holat Ronalduning noroziligiga sabab bo‘ldi.