locale OZ

Ronaldu Jahon chempionatida dubl qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi

Portugaliya guruh bosqichi ikkinchi turida Oʻzbekistonni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Jahon chempionatida dubl qayd etgan eng keksa futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatlari tarixida yana bir rekord qayd etdi. JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston milliy jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Ronaldu 6 va 39-daqiqalarda gol urib, dubl muallifiga aylandi.

Shu tariqa portugaliyalik hujumchi Jahon chempionatlari tarixida bitta o‘yinda ikki gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. O‘zbekiston bilan bahs vaqtida Ronaldu 41 yosh 138 kunlik edi.

Avval ushbu rekord Lionel Messiga tegishli edi. Argentina sardori JCh-2026 doirasida Avstriyaga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan va o‘sha paytda 38 yosh 363 kunlik bo‘lgan.

O‘zbekiston bilan bahsda Ronaldu nafaqat jamoasining yirik g‘alabasiga hissa qo‘shdi, balki mundiallar tarixidagi yana bir sahifaga o‘z nomini yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting