locale OZ

Ronaldu Jahon chempionati saralash bosqichlarida urilgan gollar soni boʻyicha mutlaq rekord oʻrnatdi

Portugaliyalik yulduz Vengriyaga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Jahon chempionati saralash bosqichlarida urilgan gollar soni boʻyicha mutlaq rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati saralash bosqichlarida urilgan gollar soni boʻyicha mutlaq rekord oʻrnatdi.

JCh-2026 saralashi doirasida Portugaliya Vengriya bilan bahs olib borib, yakunda 2:2 hisobida durang oʻynadi. Uchrashuvda Ronaldu dubl qayd etdi va saralashdagi gollari sonini 41 taga yetkazib oldi.

Shu tariqa, u ilgari 39 ta gol bilan rekordchi hisoblangan gvatemalalik Karlos Ruisni ortda qoldirdi va endilikda Jahon chempionati saralashlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi.

1. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 41 ta gol

2. Karlos Ruis (Gvatemal) — 39 ta gol

3. Lionel Messi (Argentina) — 36 ta gol

4. Ali Daei (Eron) — 35 ta gol

5. Robert Levandovski (Polsha) — 33 ta gol

Eslatib oʻtamiz, Ronaldu hozirda Saudiyaning «An Nasr» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar moʻljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting