Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichidagi antirekordini yangiladi
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Jahon chempionati pley-off bosqichidagi yana bir salbiy statistikani qayd etdi.
39 yoshli hujumchi mundial tarixida pley-off bosqichida ketma-ket 10 ta uchrashuvda o‘yindan gol ura olmagan ilk futbolchi bo‘ldi. Bu Jahon chempionatlari tarixidagi antirekord hisoblanmoqda.
Qayd etish joiz, Ronaldu JCh-2026 guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi bahsda dubl qayd etib, ketma-ket 10 ta yirik turnir (Jahon chempionati va Yevropa chempionati) uchrashuvidagi golsiz seriyasiga barham bergandi. Biroq mundialning pley-off bosqichida u hali ham o‘yindan gol ura olgani yo‘q.
Shunga qaramay, Ronaldu Jahon chempionatlari tarixida olti turli mundialda gol urgan ilk futbolchi bo‘lib qolmoqda va ushbu rekord hozircha hech kimga nasib etmagan.