locale OZ

Ronaldu: «Ispaniya — favorit, ammo biz g‘alaba uchun kurashamiz»

Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 1/8 final uchrashuvi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu: «Ispaniya — favorit, ammo biz g‘alaba uchun kurashamiz»
ФОТО: Getty images

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCH-2026 1/8 finalida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi.

«Men har doim Ispaniyani juda iqtidorli jamoa deb hisoblaganman. Har bir avlodda ham shunday bo‘lgan. Ular har doim har qanday turnirda g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanadi. Ertangi o‘yin juda qiyin kechadi. Bizda ishonch, harakatchanlik va jasorat bo‘lishi kerak. G‘alaba qozonishning yagona yo‘li shu. Nazariy jihatdan Ispaniya favorit, chunki ular ko‘proq sovrin yutgan. Men Ispaniyaga qarshi o‘ynashni yaxshi ko‘raman. Ularga qarshi bir necha marta maydonga tushganman va har safar bahslar juda keskin o‘tgan. Ertaga ham xuddi shunday bo‘ladi. Mayda jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratgan jamoa g‘alaba qozonadi. Umid qilamanki, bu Portugaliya bo‘ladi. Menda shunday hissiyot bor. Qolganini esa ertaga ko‘ramiz», — dedi Ronaldu AS nashriga.

Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi JCH-2026 1/8 final uchrashuvi 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting