locale OZ

Ronaldu faoliyatidagi 36-muvaffaqiyatsiz penaltini amalga oshirdi

Portugaliyalik yulduz hozirga qadar 218 marta nuqtaga yaqinlashgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu faoliyatidagi 36-muvaffaqiyatsiz penaltini amalga oshirdi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 24-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Al Fayha» va «An Nasr» (1:3) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar forvadi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatidagi 36-muvaffaqiyatsiz penaltini amalga oshirdi. Burayda shahridagi «Qirol Abdulla Sport Siti» stadionida kechgan bahsda portugaliyalik yulduz 11 metrlik jarima zarbasidan foydalana olmadi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida belgilangan penaltini Ronaldu darvozadan tashqariga yo‘lladi. Ma’lumot uchun, Krishtianu o‘z faoliyati davomida jami 218 bor nuqtaga yaqinlashgan. Mazkur o‘yinda hujumchi 81-daqiqada zaxiraga olindi, uning jamoasi esa irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Saudiya Arabistoni chempionati yakunlanishiga 10 tur qolganida «An Nasr» 24 o‘yindan 61 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 59 ochko bilan «Al Ahli» borayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 58 ochkoga ega «Al Hilol» yakunlab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting