locale OZ

Ronaldu diskvalifikatsiya qilindi — Mirror

Portugaliya futbol federatsiyasi qarori bilan intizom kengashi 41 yoshli hujumchini futboldan chetlatish muddatini belgilaydi.
Ronaldu diskvalifikatsiya qilindi — Mirror
photo: gettyimages

Ronaldu diskvalifikatsiya qilindi — Mirror

Portugaliya futbol federatsiyasi qarori bilan intizom kengashi 41 yoshli hujumchini futboldan chetlatish muddatini belgilaydi. Bu muddat bir oydan olti oygacha bo‘lishi mumkin.

Portugaliya futbol federatsiyasi milliy jamoa sardori va hujumchisi Krishtianu Ronalduni diskvalifikatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Bunga sabab u bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan kelishmovchilikdan so‘ng milliy jamoani o‘zboshimchalik bilan tark etgandi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, endi intizom kengashi 41 yoshli hujumchini futboldan chetlatish muddatini belgilaydi. Bu muddat bir oydan olti oygacha bo‘lishi mumkin.

Intizom kengashi diskvalifikatsiya masalasini ko‘rib chiqishda vaziyatning barcha jihatlarini, jumladan, Ronalduning uzr so‘raganini ham inobatga oladi. Avvalroq ESPN futbolchining qisqa muddatga chetlatilishi ehtimoli yuqoriroq ekanini taxmin qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 30 sentyabr kuni Portugaliya milliy jamoasi ixtiyoridan ketgan. 6 oktyabr kuni futbolchi o‘z qaroriga izoh berib, Jorje Jezushni va’dalarini buzganlikda ayblagan bayonot bilan chiqdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting