locale OZ

Ronaldu Diogu Jota va Andre Silvaning o'limiga o'z munosabatini bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu Diogu Jota va Andre Silvaning o'limiga o'z munosabatini bildirdi
Photo: Getty Images

Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Liverpul” va Portugaliya terma jamoasi a’zosi Diogu Jota, shuningdek uning ukasi — “Penafiel” futbolchisi Andre Silvaning fojiali vafoti munosabati bilan o'z fikrini bildirdi.

"Bu hech qanday ma’noga ega emas... Biz yaqindagina terma jamoada birga edik, Jota yaqinda oila qurgan edi... Sizlarning oilalaringizga, rafiqalaringizga va farzandlaringizga chuqur hamdardlik bildiraman, ularga sabr va kuch tilayman. Bilaman, sizlar har doim ular bilan bo'lasiz. Tinch yotinglar, Diogu va Andre. Biz sizlarni juda sog'inamiz", - deb post qoldirgan “An-Nasr” hujumchisi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting