Ronaldu buyuklikka erishish kalitini aytdi
«An Nasr» hujumchisi va Portugaliya milliy jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida buyuklikka erishish uchun zarur bo‘lgan omillar haqida fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, qiziquvchanlik ulardan biri hisoblanadi.
«Qiziquvchanlik — buyuklikning ajralmas sharti. Siz har kuni yangi savollar berishda davom etsangiz, yutasiz», — deya yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purardir — uning hisobida 140 ta gol bor. Shuningdek, u «Real Madrid» tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, klub safida 450 ta gol muallifi bo‘lgan. Portugaliya terma jamoasi safida esa Ronaldu 143 marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jahon rekordiga ega.