Ronaldu Britaniya futboli haqidagi serialning ijrochi prodyuseriga aylandi
Serial voqealari mashhur futbol agenti atrofida rivojlanadi.
Foto: Getty Images
Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Britaniya futboliga bag‘ishlangan yangi "Day 1s" serialida ijrochi prodyuser sifatida faoliyat olib boradi. Shuningdek, u loyiha epizodlaridan birida ekranda ham ko‘rinish beradi.
Serial voqealari mashhur futbol agenti atrofida rivojlanadi. Bosh qahramon rolini "Homeland" va "Billions" seriallari yulduzi Damian Lyuis ijro etadi. Loyihada afsonaviy fransuz futbolchisi Tyerri Anri ham ishtirok etadi.
"Day 1s" seriali Ronaldu va britaniyalik rejissyor Metyu Von asos solgan UR•Marv Studios tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Suratga olish ishlari allaqachon boshlangan bo‘lib, loyiha uchun striming platformalari o‘rtasida jiddiy raqobat yuzaga kelishi kutilmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist