Ronaldu: «Bizni final kutmoqda!»
«An Nasr» hujumchisi OChL-2 finaliga chiqqani haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
«An Nasr» jamoasining 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu OChL-2 finaliga chiqqani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Musobaqaning yarimfinalida Saudiya klubi Qatarning «Al Ahli» jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Ta’kidlash joizki, Ronaldu ushbu uchrashuvda 78 daqiqa maydonda harakat qildi, biroq samarali natija qayd eta olmadi.
«Jamoam bilan faxrlanaman. Bizni final kutmoqda!» — deb yozdi Ronaldu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Turnirning final bahsida «An Nasr» 16 may kuni Yaponiyaning «Gamba Osaka» klubi bilan to‘qnash keladi.
Joriy mavsumda Krishtianu klub safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist