Ronaldu birinchi, Messi uchinchi — XXI asrda top-5 chempionatlarida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchilar eʼlon qilindi
Score 90 oʻziga xos statistikani taqdim etdi.
FOTO: Getty Images
«An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu XXI asrda Yevropaning kuchli beshlik ligasi o‘yinlarida maydonda o‘tkazilgan daqiqalar soni bo‘yicha jahon futbolida yetakchilik qilmoqda.
Score 90 xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 75 927 daqiqa bilan reytingda birinchi o‘rinni egallagan.
Yevropada «Barselona» va «PSJ» safida to‘p surgan argentinalik Lionel Messi 70 022 daqiqa bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi. Ikkinchi o‘rinda esa Ronalduning «Real Madrid»dagi sobiq jamoadoshi Serxio Ramos qayd etilgan — 70 461 daqiqa.
XXI asrda Yevropaning top-5 ligalarida eng ko‘p daqiqa o‘tkazgan futbolchilar reytingi:
- Krishtianu Ronaldu — 75 927 daqiqa
- Serxio Ramos — 70 461 daqiqa
- Lionel Messi — 70 022 daqiqa
- Raul Albiol — 63 541 daqiqa
- Dani Alves — 63 066 daqiqa
Nasrullo Karimov
Jurnalist