Ronaldu, Benzema «Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi» unvoni uchun daʼvogarlik qilmoqda
Ushbu mukofotning amaldagi gʻolibi Krishtianu hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
Globe Soccer Awards 2025 yilning Yaqin Sharqdagi eng yaxshi futbolchisi nominantlari e’lon qilindi. Yakuniy ro‘yxatga to‘rt nafar futbolchi kirdi.
Mukofot uchun quyidagi o‘yinchilar kurashadi: Krishtianu Ronaldu («An Nasr»), Karim Benzema («Al Ittihod»), Riyod Mahrez («Al Ahli») va Salem Al-Davsari («Al Hilal»).
O‘tgan yili Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu deb topilgan edi. Undan oldingi yili ham mukofotni portugaliyalik hujumchi qo‘lga kiritgan.
Globe Soccer Awards — bu har yili o‘tkaziladigan marosim bo‘lib, unda futbol sohasida eng yirik yutuqlarga erishgan shaxslar taqdirlanadi. Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish orqali aniqlanadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist