Ronaldu \"Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi\" sovrinini qo'lga kiritdi
Futbolchi marosimga shaxsan tashrif buyurmagan.
ФОТО: Getty images
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya ligasi mukofotlari tantanasida “Barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi” sovriniga sazovor bo‘ldi.
Liga rasmiy bayonotiga ko‘ra, 40 yoshli Ronaldu “butun bir davrni belgilab berdi va jahon futbolida o‘chmas iz qoldirdi”.
Futbolchi marosimga shaxsan tashrif buyurmagan bo‘lsa-da, tashkilotchilar uning mukofot bilan chiqish qilgan videomurojaatini namoyish etishdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. Shuningdek, u futbol tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan. Uning hisobida hozircha 943 ta gol mavjud.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist