locale OZ

Ronaldu \"An-Nasr\" murabbiyligiga Jezushni taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu "An-Nasr" murabbiyligiga Jezushni taklif qildi
Photo: Getty Images

"An-Nasr"ning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaga yangi bosh murabbiy tanladi.

Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 40 yoshli portugaliyalik murabbiy lavozimiga hamyurti Jorge Jezus kelishini istamoqda.

Portugaliyalik futbolchi Jezus bilan "An-Nasr"ni boshqarishi mumkinligi haqida gaplashgan. Yakuniy qaror tez orada qabul qilinishi kutilmoqda.

Xabaringiz bor, may oyida Jorge Jezus "Al-Hilol" bosh murabbiyligidan ketgan edi.

Krishtianu Ronaldu esa "An-Nasr" bilan shartnomasini yana ikki yilga, 2027 yilning yarmigacha uzaytirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting