locale OZ

Ronaldu «Almeriya» klubining 25 foiz ulushini sotib oldi

Ushbu jamoa hozirda Segundada harakat qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu «Almeriya» klubining 25 foiz ulushini sotib oldi
FOTO: Getty Images

Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning «Almeriya» klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

«Faqat maydonning o‘zida emas, balki futbolga boshqacha ko‘rinishda ham hissa qo‘shishni ancha vaqtdan beri orzu qilardim. «Almeriya» — mustahkam poydevorga va o‘sish uchun aniq salohiyatga ega Ispaniya klubi. Jamoa rivojlanishining navbatdagi bosqichini qo‘llab-quvvatlash uchun klub rahbariyati bilan birga ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman», — deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi jurnalist Ben Jeykobs.

«Almeriya» 2025/2026 yilgi mavsumda Segunda turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 27 ta o‘yindan so‘ng 48 ochko jamg‘argan. Birinchi pog‘onada esa xuddi shuncha o‘yinda 50 ochko to‘plagan «Rasing» klubi bormoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting