locale OZ

Ronaldu “Al-Nasr”ni sotib olishi mumkin

“Al-Nasr”ning mulkdorlik tizimida ham katta o‘zgarishlar kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu “Al-Nasr”ni sotib olishi mumkin: bitim uchun investorlar guruhi shakllantirilmoqda
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini sotib olish bo‘yicha yirik investitsion loyihada ishtirok etishi mumkin. A Bola ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi “Milan” egasi va RedBird rahbari Jerri Kardinale bilan birgalikda klubni xarid qilish taklifini tayyorlamoqda. Konsorsium tarkibiga yana “Al-Nasr”ning sobiq prezidenti Ibrohim Al-Muhaydib, Muhammad Al-Xurayji va Sharaf Al-Hariri ham kirgani aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, guruhdagi besh investorning har biri loyiha uchun qariyb 100 million dollar ajratishi rejalashtirilgan. Shu tariqa, dastlabki bosqichda klubga jami 500 million dollarga yaqin sarmoya kiritilishi mumkin. Sportitalia esa Kardinale tomoni “Al-Nasr” bo‘yicha vositachilar orqali dastlabki aloqalarni boshlaganini, biroq muzokaralar hozircha yakuniy bosqichdan uzoqda ekanini ta’kidlamoqda.

“Al-Nasr”ning mulkdorlik tizimida ham katta o‘zgarishlar kutilmoqda. PIF 2023-yilda klub aksiyalarining 75 foizini o‘z nazoratiga olgan edi. 2026-yil avgustida esa Saudiya Sport vazirligi qolgan 25 foizlik ulushni ham PIF tasarrufiga o‘tkazish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi. Saudiya OAVlariga ko‘ra, keyingi bosqichda klubning katta qismi xususiy investorlar uchun sotuvga chiqarilishi mumkin.

Agar bitim amalga oshsa, Ronaldu “Al-Nasr”dagi oddiy futbolchi maqomidan klubning asosiy investorlaridan biriga aylanishi mumkin. Portugaliyalikning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Bundan tashqari, Ronaldu futbol biznesiga allaqachon kirib kelgan — 2026-yil fevralida u Ispaniyaning “Almeriya” klubidan 25 foiz ulush sotib olgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting