locale OZ

Ronaldu 978-golini urdi

1000 ta golga bor-yo‘g‘i 22 ta gol qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu 978-golini urdi
ФОТО: Getty images

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 4-turida «Al-Taavun»ga qarshi bahsda gol urib, professional faoliyatidagi 978-golini hisobida qayd etdi. Bu gol «An-Nasr»ga 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani ham taqdim etdi.

Hozir uning hisobida klublar miqyosida 832 ta, Portugaliya terma jamoasi safida esa 146 ta gol bor. Ronaldu endi futbol tarixidagi eng katta marra — 1000 ta golga bor-yo‘g‘i 22 ta gol qoldi.

Ushbu natijaga erishsa, portugaliyalik yulduz rasmiy o‘yinlarda 1000 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting