locale OZ

Ronaldu 968-goli haqida fikr bildirdi

Portugaliyalik yulduz «Al Ohdud»ga qarshi bahsda oʻz nomini tabloga yozdirib qoʻydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu 968-goli haqida fikr bildirdi
FOTO: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasining 28-turida «Al Ohdud» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va muxlislarga murojaat qildi.

«Yana bir qadam oldinga. Biz yagona jamoa sifatida birlashganmiz. Bor e’tiborimiz maqsadimizga qaratilgan. Har doim biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat, muxlislar», — deb yozdi Ronaldu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochgan edi. Bu gol hujumchi uchun faoliyatidagi 968-si bo‘ldi.

Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turidan so‘ng «An Nasr» 73 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Al Ohdud» esa 16 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting