locale OZ

Ronaldu — 4 ta klubda 100 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu — 4 ta klubda 100 tadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchi
Фото: Getty Images

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida “Al-Ahli”ga qarshi o‘yinda gol urdi.

Portugaliyalik 40 yoshli forvard o‘yinning 41-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi. Bu gol futbolchining "Al-Nasr" jamoasi uchun 113-o‘yindagi 100-goli bo‘ldi.

Shu tariqa, Ronaldu tarixda to‘rt xil klubda kamida 100 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi.

Hujumchi "Al-Nasr"dan tashqari "Manchester Yunayted", "Real Madrid" va "Yuventus" jamoalarida ham 100 lik marrani zabt etgan.

Shuningdek, Portugaliya terma jamoasi safida ham 138 ta gol urgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting