Ronaldu 2025 yilning sentyabr oyidan beri ilk bor SPLda gol ura olmadi
Ushbu holat «Al Ahli»ga qarshi bahsda sodir boʻldi.
FOTO: Getty Images
«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasida 2025 yil sentabridan beri ilk bor gol ura olmadi. Bu holat chempionatning 13-turida «Al Ahli»ga qarshi o‘yinda sodir bo‘ldi.
Uchrashuv Jidda shahridagi «Shahzoda Abdulloh al-Faysal» stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlar «Al-Ahli»ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ronaldu maydonda to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, biroq gol yoki assist qayd eta olmadi. Portugaliyalik futbolchi Saudiya chempionatida oxirgi marta 2025 yil 14 sentabr kuni, 2-tur doirasida «Al Holud»ga qarshi (2:0) bahsda gol ura olmagan edi.
Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasida 12 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist