locale OZ

Ronaldu 2022-yilda “Chelsi”ga o‘tishi mumkin edi

London klubi rahbariyati portugaliyalik yulduzni tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu 2022-yilda “Chelsi”ga o‘tishi mumkin edi
Foto: Getty Images

Krishtianu Ronaldu 2022-yilda “Manchester Yunayted”dagi ikkinchi davri vaqtida “Chelsi”ga o‘tishga yaqin bo‘lgan. London klubi rahbariyati portugaliyalik yulduzni tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqqan. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, o‘sha paytda “Chelsi” xo‘jayini Todd Boeli Ronaldu agenti Jorje Mendesh bilan Portugaliyada shaxsan uchrashgan. Muzokaralardan so‘ng Boeli transfer g‘oyasiga katta qiziqish bildirgan va portugaliyalik hujumchini Londonga olib kelishni istagan.

Biroq “Chelsi”ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu transferga qat’iyan qarshi chiqqan. Nemis mutaxassisi Ronaldu jamoaga qo‘shilishiga bir necha bor rozilik bermagach, transfer amalga oshmay qolgan. Keyinchalik portugaliyalik futbolchi “Manchester Yunayted”ni tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubiga o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Manchester Yunayted”ga 2021-yilda qaytgan va klubni 2022-yil noyabrida tark etgan. 2023-yil yanvaridan buyon u “Al-Nassr” safida to‘p surib kelmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting