locale OZ

Ronaldu 1200 talik dovondan o'tdi

Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 942 ta gol va 258 ta assist qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu 1200 talik dovondan o'tdi
Photo: gettyimages

«An Nasr» hamda Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu o'ziga xos rekordlarni qayd etishda davom etmoqda.

40 yoshli hujumchi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Armanistonga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Bu esa Ronalduning 1200 talik davondan o'tganini anglatadi. Krishtianu faoliyati davomida 942 ta gol va 258 ta assist qayd etdi.

Ronalduning gollari soni 1000 taga yetishi uchun futbolchi raqiblar darvozasini yana 58 marta ishg'ol qilishi kerak bo'ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting