locale OZ

Ronaldo: «Neymar — 20 daqiqada oʻyin taqdirini hal qila oladigan futbolchi»

Braziliyalik futbolchi Anchelottining qaroriga munosabat bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldo: «Neymar — 20 daqiqada oʻyin taqdirini hal qila oladigan futbolchi»
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi, ikki karra jahon chempioni Ronaldo milliy jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 34 yoshli hujumchi Neymarni JCh-2026'ga chaqirib, toʻgʻri qaror qabul qilgan deb hisoblaydi.

«Oʻylashimcha, u ajoyib tanlovni amalga oshirdi. Neymar hal qiluvchi pallada oʻzining qiziqarli oʻyini bilan jamoaga yordam bera oladi. Neymarda shunday isteʼdod, shunday daholik borki, biz usiz maydonga tusha olmasdik. U bor-yoʻgʻi 20 daqiqa ichida oʻyin taqdirini oʻzgartirib yuborishi mumkin boʻlgan futbolchilar sirasidandir», — deya Ronaldoning soʻzlarini keltirmoqda ESPN.

Avvalroq Anchelotti jarohatidan tiklanishni davom ettirayotgan Neymar Braziliya terma jamoasining turnirdagi debyut — Marokashga qarshi (14-iyun) oʻyinini oʻtkazib yuborishini maʼlum qilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting