locale OZ

Ronaldo: «Ispaniya oson g‘alaba qozonadi»

Braziliyalik futbolchi final oldidan fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldo: «Ispaniya oson g‘alaba qozonadi»
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Ronaldo 2026 yilgi Jahon chempionati finali haqida o‘z prognozini bildirdi.

«Ispaniya g‘alaba qozonadi va bu ishni osonlik bilan amalga oshiradi. Ular Fransiya bilan bir qatorda turnirning asosiy favoriti edi.

Ispaniya ajoyib futbol namoyish etmoqda. Bu ularning DNK-sida bor. Ular bolalikdan shu uslubda o‘ynab kelishadi.

Argentina ham ushbu Jahon chempionatida juda yaxshi ishtirok etdi. Bu jamoa qiyinchiliklarni yengib o‘tish ruhiga ega. Ammo Ispaniya juda yaxshi shakllangan jamoa. Ular har bir vaziyatda nima qilish kerakligini yaxshi bilishadi», — dedi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, yarim finalda Ispaniya Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Argentina Angliyani 2:1 hisobida ortda qoldirdi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting