locale OZ

Ronaldo: «Braziliyaning JCh-2026'da gʻalaba qozonish imkoniyati boshqa jamoalarning 95 foiziga qaraganda koʻproq»

Braziliya mundialda Marokash, Gaiti va Shotlandiya termalariga qarshi maydonga tushadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldo: «Braziliyaning JCh-2026'da gʻalaba qozonish imkoniyati boshqa jamoalarning 95 foiziga qaraganda koʻproq»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real», Milanning «Inter» klublari sobiq hujumchisi Ronaldo Braziliyaning Karlo Anchelotti qo‘l ostida JCh-2026 dagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bizda «Real»da Vini Junior, «Barselona»da Rafinya, «Chelsi»da Estevao bor. Ularning barchasi ajoyib: Yevropaning top-klublarida o‘zlarini yorqin namoyon etishmoqda va allaqachon yetarli tajriba to‘plashga ulgurishdi.

O‘ylashimcha, terma jamoada jahon chempionatida g‘olib chiqish uchun real imkoniyat bor. Men Anchelottiga chin dildan ishonaman — u tarixdagi eng buyuk murabbiylardan biri.

Chempion bo‘lamizmi? Bu juda qiyin, ammo imkoniyat bor va u ko‘plab boshqa jamoalarnikidan ancha yuqori. Bizning imkoniyatlarimiz dunyodagi 95 % jamoalarnikidan ko‘proq», — deya Ronaldoning so‘zlarini keltirmoqda Tribuna nashri.

Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi JCH-2026 uchrashuvlarini «C» guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya termalariga qarshi o‘tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting