locale OZ

Ronaldinyo UFC jangchisi Aleks Pereyra bilan suratga tushdi

Pereyra UFC tarixidagi eng mashhur yulduzlardan biri hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldinyo UFC jangchisi Aleks Pereyra bilan suratga tushdi
FOTO: Getty Images

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldinyo ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida UFC yulduzi Aleks Pereyra bilan tushgan qo‘shma suratini ulashdi.

Ikki braziliyalik sport yulduzining uchrashuvi muxlislar e’tiborini tortdi. Ronaldinyo suratga qisqa izoh qoldirib, Pereyraga o‘z hurmatini bildirdi.

Aleks Pereyra UFC tarixidagi eng mashhur jangchilardan biri hisoblanadi. U avval o‘rta va yarim og‘ir vazn toifalarida chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan va hozir ham dunyoning eng kuchli MMA jangchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting