locale OZ

Ronaldinyo: «Menga futbol tomosha qilish yoqmaydi, 90 daqiqa — juda uzoq»

Afsonaviy futbolchi oʻyinlarni tomosha qilishni xush koʻrmasligini ochiqchasiga tan oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldinyo: «Menga futbol tomosha qilish yoqmaydi, 90 daqiqa — juda uzoq»
FOTO: Getty Images

«Barselona» va Braziliya terma jamoasining afsonaviy sobiq yulduzi Ronaldinyo futbol uchrashuvlarini tomosha qilishni xush ko‘rmasligini ochiqchasiga tan oldi.

«Menga futbol tomosha qilish yoqmaydi. Faqat eng muhim vaziyatlar (highlights) qiziqtiradi, 90 daqiqa esa — juda uzoq vaqt. Agar bu final yoki derbi bo‘lmasa, qolgan o‘yinlar meni qiziqtirmaydi. Men asabiylasha boshlayman.

O‘sha paytda: «Qanday qilib bu bola shunday pasda xato qilishi mumkin?» deb o‘ylaysiz va bu mening g‘azabimni keltira boshlaydi», — deya «sehrgar»ning so‘zlarini keltirmoqda Marca nashri.

Ushbu bayonot Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan va 1:1 hisobida yakunlangan «Real» va «Barselona» afsonalari o‘yini oldidan yangradi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kosta-Rikada ham afsonalar o‘rtasidagi «El Klasiko» tashkil etilgan va unda «Qirollik klubi» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting