locale OZ

Ronaldinyo Lionel Messini tavallud ayyomi bilan tabrikladi

Ikki afsona 2004—2008-yillar oraligʻida “Barselona”da birga toʻp surgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldinyo Lionel Messini tavallud ayyomi bilan tabrikladi
FOTO: Getty Images

Braziliya futboli afsonasi Ronaldinyo Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messini 39 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrikladi.

U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Messi bilan tushgan suratini e’lon qilib, samimiy tilaklarini yo‘lladi.

“Seni mahkam quchoqlayman, birodar. Tug‘ilgan kuning bilan!” — deb yozdi Ronaldinyo.

Maʼlumot uchun, Ronaldinyo va Messi 2004–2008-yillar oralig‘ida “Barselona” safida birga to‘p surgan. Aynan Ronaldinyo Messining ilk yillaridagi rivojlanishida muhim rol o‘ynagan futbolchilardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting