Ronaldinyo fransuz klubi Pari Sen-Jermen bosh murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi
Jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi va kataloniyalik "Barselona" jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo Fransiyaning "PSJ" jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrikening faoliyati haqida o'z fikrini bildirdi.
Braziliyalik sobiq futbolchi Lequipe jurnaliga bergan intervyusida shunday dedi: «Enrike o'z ishiga to'liq beriladi. U yaratadigan jamoasini juda yaxshi tushunadi. Biz u bilan men "Barselona"ga endi kelgan paytim tanishganmiz. Men unga havas qilaman. Luis a'lo darajadagi futbolchi bo'lgan, hozir esa u zo'r murabbiyga aylangan. U "PSJ" bilan katta yutuqlarga erishishi mumkin. Bu jamoaning salohiyati juda yuqori».
2024/25 mavsumida Parijning "PSJ" klubi Fransiya chempioniga aylandi. Chempionlar ligasi chorak finalida parijliklar "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushishadi.