locale OZ

Romeroning «Tottenhem» bilan shartnomasida Madrid klublari uchun maxsus band mavjud — manba

Hozirda «Atletiko» va «Real» futbolchi uchun kurashga kirishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romeroning «Tottenhem» bilan shartnomasida Madrid klublari uchun maxsus band mavjud — manba
FOTO: Getty Images

«Tottenhem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroning shartnomasida Madridning «Real» va «Atletiko» klublari uchun maxsus band (tovon puli) ko'zda tutilgan. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, o‘tgan yozda «matraschilar» argentinalik himoyachini sotib olishga urinib ko‘rishgan edi, yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida bu boradagi ishlar qayta tiklanishi mumkin.

London klubi futbolchini 70 million yevroga baholamoqda, biroq Romero «shporlar» bilan tuzilgan shartnomasiga «Atletiko» uchun transfer qiymati 60 million yevro etib belgilanishi haqidagi bandni kiritgan.

Qayd etilishicha, himoyachining o‘zi ham Diego Simeone jamoasiga o‘tishni istamoqda. Biroq vaziyatni «Real Madrid» ham diqqat bilan kuzatib bormoqda, chunki «qirollik klubi» ham futbolchining professional mahoratini yuqori baholaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Romeroning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting