Romero yozda «Tottenhem»ni tark etadi
«Tottenhem» himoyachisi va jamoa sardori Kristian Romero joriy mavsum yakunlangach, London klubi bilan xayrlashadi. Bu haqda jurnalist Gaston Edul xabar bermoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, jahon chempioniga Ispaniya La Ligasi grandlari va yana bir top-chempionat vakillari tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Qayd etish joizki, o‘tgan yozda ham Romero bir qator klublar e’tiborida bo‘lgan va «shporlar» uning transferi bo‘yicha rasmiy taklif olishga juda yaqin kelishgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Romero London klubiga 2021 yilda kelib qo‘shilgan edi. Shu vaqt ichida u jamoaning haqiqiy yetakchisiga va sardoriga aylandi (151 ta oʻyin, 13 ta gol, 7 ta assist).
Maʼlumotlar uchun, tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2029 yilning yoziga qadar moʻljallangan.