Romeo Laviya: «Hali hammasi o‘z qo‘limizda»
Belgiya terma jamoasi 6 ochko to‘plagan va o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Фото: Getty Images
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Romeo Laviya UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi 4-turida Fransiyaga qarshi safardagi 1:4 hisobidagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Hozir bizda katta ko‘ngilsizlik bor. Jamoa bu o‘yinda bor kuchini ishga soldi. To‘rt tur yakunlariga ko‘ra ko‘proq ochko to‘plashni istagan edik, ammo hali hammasi hal bo‘lgani yo‘q. Oldimizda yana ikkita o‘yin bor va barchasi o‘z qo‘limizda», — deya Laviyaning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirmoqda.
Belgiya terma jamoasi 6 ochko to‘plagan va o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab turibdi.
«Qizil iblislar» navbatdagi uchrashuvini 12-noyabr kuni Turkiya terma jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadi.