Romelu Lukaku «Fenerbahche»ga o‘tishga yaqin
Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.
ФОТО: Getty images
«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku «Fenerbahche»ga o‘tishga yaqin. Turkiya klubi 33 yoshli belgiyalik forvard bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Lukaku faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishga rozi bo‘lgan. Tomonlar bo‘layotgan hamkorlikning asosiy shartlarini kelishib olishgan.
«Fenerbahche» belgiyalik hujumchining transferi uchun «Napoli»ga taxminan 6 million yevro to‘lashga tayyor.
Avvalroq Lukakuga Turkiyaning yana bir grandi — «Beshiktash» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. Shuningdek, belgiyalik futbolchining ehtimoliy xaridorlari qatorida AQShning «Atlanta United» klubi ham tilga olingan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist