locale OZ

Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

«Napoli» hujumchi sport formasini tiklamoqchi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi
FOTO: Getty Images

«Napoli» hujumchisi Romelu Lukaku Belgiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Bu haqda milliy terma jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 32 yoshli futbolchi o‘zining jismoniy holatini yaxshilash uchun bor e’tiborini mashg‘ulotlarga qaratishga qaror qilgan. Shu sababli, Lukaku o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun terma jamoa bilan birga AQSHga uchib ketmaydigan bo‘ldi.

Ushbu xalqaro tanaffus davomida Belgiya terma jamoasi AQSH va Meksika jamoalariga qarshi bahs olib boradi. O‘yinlar 28 mart va 1 aprel kunlariga belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda belgiyalik forvard «Napoli» safida barcha turnirlar doirasida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi. Futbolchi 14 avgust kuni «Olimpiakos»ga (2:1) qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida chap son qismining to‘g‘ri mushagidan jiddiy jarohat olgani sababli mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting