locale OZ

Romano: Vikario transfer oynasi yopilishidan oldin “Tottenhem”ni tark etadi

29 yoshli posbonga A Seriyaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romano: Vikario transfer oynasi yopilishidan oldin “Tottenhem”ni tark etadi
FOTO: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, “Tottenhem” darvozaboni Gulyelmo Vikario yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin jamoani tark etadi. Italiyalik posbon klubning mavsumoldi yig‘iniga olib ketilmagan va uning ketishi deyarli hal bo‘lgan.

Manbaga ko‘ra, 29 yoshli darvozabonga A Seriyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. “Tottenhem” esa yangi bosh murabbiy Roberto De Dzerbi qo‘l ostida darvozada boshqa variantlarga tayanishni rejalashtirmoqda.

Hozircha Vikarioning yangi klubi rasman ma’lum qilinmagan. Biroq Romanoning ta’kidlashicha, uning London klubini tark etishi yozgi transfer oynasi yakunlanishidan oldin amalga oshadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting