locale OZ

Romano: «Messi «Inter Mayami»da qoladi va yangi shartnoma imzolaydi»

Mashhur insayder argentinalik yulduzning kelajagi haqida maʼlumot berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romano: «Messi «Inter Mayami»da qoladi va yangi shartnoma imzolaydi»
FOTO: Getty Images

Mashhur insayder Fabritsio Romano MLS mavsumi yakuniga argentinalik yulduz — «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining kelajagi haqida maʼlumot berdi.

«Messi «Inter Mayami» bilan mavsumni yakunlaydi. U hozirgacha gol+pas tizimida 48 ochko toʻpladi. Yangi shartnoma borasidagi muzokaralar ilgʻor bosqichda. Kutilishicha, Messi klubda qoladi va yangi kelishuv imzolaydi. Ayni vaqtda yakuniy tafsilotlar aniqlanmoqda.

U toʻliq ravishda «Inter Mayami» loyihasiga eʼtibor qaratgan», — deb yozdi Romano oʻzining X «sobiq Twitter» ijtimoiy tarmogʻida.

Eslatib oʻtamiz, bugun MLS muntazam chempionatining soʻnggi turida «Inter Mayami» «Neshvill»ni 5:2 hisobida magʻlub etdi. Messi uchrashuvda uchta gol urib, xet-trikka erishdi. Endi jamoani pley-off bosqichi kutmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting