Romano: «Liverpul» birinchi rad javobidan so‘ng Diomande bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda
“Leyptsig” yarim himoyachisi Yan Diomande yozgi transfer oynasida klubni tark etmoqchi va “Liverpul” uni xarid qilish uchun yangi urinishni amalga oshirmoqda, deb xabar beradi insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko‘ra, nemis klubi “Liverpul”ning 90 million yevro va qo‘shimcha 10 million yevro bonus (umumiy summa — 100 million yevro) taklifini rad etgan.
Ta'kidlanishicha, “Leyptsig” 19 yoshli ivuarlikni yana bir mavsumga saqlab qolishni rejalashtirmoqda va uni kamida 120 million yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Futbolchining o‘zi esa hoziroq boshqa klubga o‘tishni ma'qul ko‘rmoqda. Kutilishicha, ingliz klubi yaqin vaqt ichida yangi taklif bilan chiqadi.
Diomande o‘tgan mavsumda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
U Kot-d’Ivuar terma jamoasi tarkibida 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmoqda va guruh bosqichining uchinchi turidagi Kyurasao terma jamoasiga qarshi hal qiluvchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.