locale OZ

Romano Kukurelya qachon «Real» o'yinchisiga aylanishini ma'lum qildi

O'yinchi AQShda bo'lganidayoq shartnomani imzolab bo'lgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romano Kukurelya qachon "Real" o'yinchisiga aylanishini ma'lum qildi
ФОТО: Getty images

Jurnalist va insayder Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida "Chelsi" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Mark Kukurelyaning qachon Madridning "Real" klubi futbolchisiga aylanishini oshkor qiluvchi xabarni e'lon qildi.

"Mark Kukurelya bugun, dushanba kuni 'Real' o'yinchisiga aylanadi", — deb yozdi Romano X ijtimoiy tarmog'ida.

Avvalroq ispan klubi futbolchi uchun "Chelsi"ga 55 mln yevro to'lashi, yana 5 mln yevro kelishuvda bonus sifatida belgilangani haqida xabar qilingan edi. Ta'kidlanishicha, o'yinchi AQShda bo'lganidayoq shartnomani imzolab bo'lgan.

Kukurelya "Espanyol" va "Barselona" klublarida o'ynagan. Kattalar darajasida himoyachi avvalroq "Eibar", "Xetafe" va "Brayton" klublarida ham to'p surgan. Futbolchi 2024 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa chempioni bo'ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting