locale OZ

Romano: \"Gattuzo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi!\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Romano: "Gattuzo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi!"
Photo: gettyimages

Taniqli insayder Fobriso Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lum qilishicha, Italiya terma jamoasi hamda “Milan” afsonalaridan biri bo'lgan Jennaro Gattuzo yaqin daqiqalarda Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Tomonlar allaqachon kelishuvga erishib ulgurishgan. Kelasi hafta dushanba kuni shartnoma shartlari ochiqlanadi va Gattuzo rasman xujjatga imzo chekib, terma jamoa boshqaruvini o'z qo'liga oladi. U 2026 yilgi Jahon chempionatida Italiya terma jamoasini olg'a boshlashi uchun olib kelinadi.

Nima deb o'ylaysiz Jennaro Gattuzoning terma jamoadagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqarmikin? Sizda bu inson bilan qanday xotiralar saqlanib qolgan?

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting