Romano: “Arsenal” Bruno Gimarayesh bilan kelishib oldi
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, “Arsenal” “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimarayesh bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi London klubi transfer bo‘yicha “Nyukasl”ga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal”ning dastlabki taklifi rad etilgan. Biroq “kanonirlar” qiymati 70 million funtdan yuqori bo‘lishi kutilayotgan yangi taklif bilan muzokaralarni davom ettirishni rejalashtirmoqda. “Nyukasl” esa braziliyalik futbolchini taxminan 100 million funtga baholamoqda va uni saqlab qolishni istamoqda.
28 yoshli Bruno Gimarayeshning o‘zi “Arsenal”ga o‘tishga qarshi emasligi aytilmoqda. Endi transferning amalga oshishi ikki klub o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq.