Romano: «Arsenal» Arteta bilan kelishuvga erishdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta klub bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Artetaning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar bir necha oy davom etdi. Yangi kelishuv muddati hozircha tasdiqlanmagan, ammo u ispaniyalik mutaxassisga "Arsenal" boshqaruvida kamida 10 yil ishlash imkonini berishi aytilmoqda. Arteta London klubini 2019-yil dekabridan buyon boshqarib kelmoqda.
Qayd etilishicha, yangi shartnomada Artetaning maoshi sezilarli darajada oshirilishi ham ko‘zda tutilgan.
Hozirda ispaniyalik mutaxassis bir mavsum uchun 10 million funt, ya’ni taxminan 11,7 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, u 5 million funt, taxminan 5,83 million yevro miqdorida bonus olishi mumkin.