locale OZ

Roman Xadjiev: «Mash’al» bilan yuqori cho‘qqilarni zabt etishga tayyorman»

«Mash’al» (Muborak) jamoasining yangi a’zosi Roman Xadjiev o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va jamoadagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Roman Xadjiev: «Mash’al» bilan yuqori cho‘qqilarni zabt etishga tayyorman»
photo: Mash'al fk

«Mash’al» (Muborak) jamoasining yangi a’zosi Roman Xadjiev o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va jamoadagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi:

«Mening ismim Roman Xadjiev. Faoliyatimdagi yangi sahifani boy tarix va o‘z an’analariga ega bo‘lgan «Mash’al» klubi bilan boshlayotganimdan xursandman.
Muborak futboli doimo o‘zining kurashuvchan ruhi va iqtidorli futbolchilari bilan ajralib turgan. Men bu yerga shunchaki kelganim yo‘q — mening asosiy maqsadim jamoa bilan birgalikda maksimal natijalarga erishishdir. Har bir o‘yinda, har bir daqiqada maydonda bor kuchim bilan harakat qilaman.

Bizning maqsadimiz aniq — muxlislarimizni g‘alabalar bilan xursand qilish va turnir jadvalida yuqori o‘rinlarni egallash. «Mash’al» libosida maydonga tushish men uchun katta mas’uliyat va men bu ishonchni oqlash uchun borimni berishga tayyorman.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting