locale OZ

«Roma» Zirkzeeni ijaraga olish arafasida

Zirkzee 2024 yil yozida “Bolonya”dan “Yunayted”ga 42,5 million yevro evaziga o'tgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Roma» Zirkzeeni ijaraga olish arafasida
ФОТО: Getty images

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini “Roma”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Il Messaggero xabar berdi.

Manbaga ko'ra, rimliklar niderlandiyalik forvard bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, ingliz klubi yanvar oyida forvardni ijaraga berishga tayyor, biroq kelishuvga 25 million yevroga sotib olish bandini kiritishni talab qilmoqda.

Zirkzee “Yunayted”ga 2024 yilning yozida “Bolonya”dan 42,5 million yevro evaziga o'tgandi. Joriy mavsumda u APLning 4 ta o'yinida ishtirok etdi, biroq gol va assistlarni amalga oshira olmadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting